Shavkat Mirziyoyev islohotlar real hayotda o‘z aksini topmayotganini keskin tanqid qildi

A A A
Shavkat Mirziyoyev islohotlar real hayotda o‘z aksini topmayotganini keskin tanqid qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va uning raqobatbardoshligini oshirish – eng ustuvor vazifa, zamon bilan hamnafas bo‘lishning muhim sharti ekani ta’kidlandi.

Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiyotni liberallashtirish, teng raqobat muhitini shakllantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, energiya tejamkorligini oshirish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha o‘nlab farmon va qarorlar qabul qilinib, biznes sub’ektlariga zarur sharoitlar yaratildi.

Lekin islohotlar real hayotda o‘z aksini yetarli darajada topmayapti. Yig‘ilishda turli sohalarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi, tegishli rahbarlarning faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.

Masalan, energetika tizimidagi yo‘qotishlarni keskin kamaytirish, sotilgan elektr quvvatining hisobini to‘g‘ri yuritish va debitor qarzdorlikni qisqartirish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti.

Davlatimiz rahbari ta’kidlanidek, tabiiy gazni qazib olish, transportirovka qilish va taqsimlashda haqqoniy hisobga olish tizimi mavjud emas. Ayniqsa, gaz va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar odamlarimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi 3 yilda kadastr sohasini isloh qilish bo‘yicha ham qabul qilingan 10 taga yaqin qaror haligacha to‘liq ishlab ketgani yo‘q. Masalan, yer ajratishning onlayn auksion tizimi hanuzgacha joriy etilgani yo‘q, kadastr ma’lumotlarini raqamlashtirish ishlari yakunlanmagan. Hozirga qadar yerga bo‘lgan huquqning yangi shakli va uni berishning ochiq-oshkora mexanizmlari ishlab chiqilmadi.

Qurilish sohasida bugungi kunga qadar eski standart va me’yorlar saqlanib qolmoqda, dedi davlatimiz rahbari. Yangi innovasion yechimlar va loyihalar ustida ishlovchi mutaxassislar tayyorlashga umuman e’tibor berilmayapti.

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilishga ruxsatnomalar berish va kelishish jarayonlari qog‘oz shaklida amalga oshmoqda. Mutasaddi tashkilotlarda o‘zaro elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.

Yig‘ilishda transport sohasidagi muammolarga ham e’tibor qaratildi. Misol uchun, yuk tashish tariflarining yuqoriligi bois mahsulotlar tannarxi balandligicha qolyapti. Aholiga qulay va arzon transport xizmatlari ko‘rsatish talab darajasida emas.

Xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga yetarli e’tibor qaratilmayotgani ham ko‘rsatib o‘tildi. Prezident ta’kidlanidek, professor-o‘qituvchilar malakasini baholash mezonlari zamon talablariga mos kelmaydi.

Bunday nuqsonlarni bank-moliya, soliq, raqamli iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurash kabi boshqa sohalarda ham kuzatish mumkin.

Jahon bankining xulosasiga ko‘ra, iqtisodiyotimizda davlat ulushi hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda va bugungi kunda 50-55 foizni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, so‘nggi uch yilda qabul qilingan qarorlar ijrosini tanqidiy baholash orqali «oqsayotgan» 13 ta muhim yo‘nalishda tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ishlab chiqishga mas’ul bo‘lgan ishchi guruhlar tuzildi.

Davlatimiz rahbari ushbu ishchi guruhlar tomonidan joriy yil 20 dekabrgacha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Avvalo, ko‘rsatilgan har bir tarmoq bo‘yicha so‘nggi uch yilda qabul qilingan hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularning hayotga joriy etilish holatini tanqidiy o‘rganish kerakligi ta’kidlandi. Chunki ayrim qarorlarda o‘rnatilgan tartiblar amalda qo‘llanilmayapti. Masalan, Jahon banki ekspertlarining fikricha, O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi 97 islohotdan 24 tasi to‘liq joriy etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorlarda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holatini tanqidiy tahlil qilish, bunga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlab, ularni har bir soha, yo‘nalish va hudud kesimida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mutasaddilarga 2020 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ularning mas’ul ijrochilari, aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu hujjatlarda har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qilinadigan ishlar hamda kelgusi yili erishiladigan marralar o‘z aksini topadi.

Islohotlarni jadallashtirish va «yo‘l xaritalari» ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida har bir yo‘nalish bo‘yicha «loyiha ofislari» tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tuzilmalarning asosiy vazifasi muayyan chora-tadbir bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat bo‘ladi.

Belgilanayotgan ishlar ijrosini sifatli tashkil etishga keng jamoatchilik, tadbirkorlar, xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirish, shu orqali raqobatbardoshligini oshirish 2020 yilgi eng ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Tarmoqlar rahbarlari asosiy e’tiborni investisiyalarning samaradorligiga qaratishi muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Islohotlar ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi uchun shunday nazorat tizimi belgilandiki, unga muvofiq, O‘zbekiston Bosh vaziri har ikki haftada ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilib boradi. Mas’ul soha rahbari har oy aniq bir hudud misolida bajarilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasida taqdimot o‘tkazadi. Maqsadli indikatorlarni ta’minlamagan rahbarning shaxsiy javobgarligi ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar rahbarlari va ularga biriktirilgan mas’ullarning axboroti tinglandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

AQSh Eronga urushni to‘xtatish uchun 11 ta shart qo‘ydi

АҚШ Эронга урушни тугатиш учун ўз шартларини юборди, деб хабар беради The New York Times манбаларга таяниб.

Eron Isroil va AQSh bazalariga 80-zarbalar to‘lqinini e’lon qildi

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси эълон қилди.

Eron Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini qaytarib yubordi

Бу ҳақда ИИҚК денгиз флоти бошлиғи Али Ризо Тангсири ижтимоий тармоқларда эълон қилди.

Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadlari so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Европа таҳлил ва стратегия маркази асосчиси Владислав Иноземцевнинг фикрича, ушбу уруш Россия учун иқтисодий жиҳатдан манфаатли бўлиб чиқмоқда

Qozog‘iston energetika vaziri AQShga Kaspiy dengizining foydalanishni taklif qildi

Бу ҳақда Қозоғистон Энергетика вазирлиги маълум қилди.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.