Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazadi

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.

Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Asosiy e’tibor Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi kooperasiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya va ta’lim sohalariga oid qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!