Shavkat Mirziyoyev: "Bu loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, “ko‘zbo‘yamachilik” uchun amalga oshirilyapti..."

Shavkat Mirziyoyev: "Bu loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, “ko‘zbo‘yamachilik” uchun amalga oshirilyapti..."

Prezident davlat dasturlari doirasida olinayotgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish va aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish yuzasidan har oyda Prezident Administrasiyasiga axborot kiritib borish bo‘yicha Bosh prokuratura departamenti, Hisob Palatasiga topshiriq berdi. 

"Biz misli ko‘rilmagan mablag‘ni iqtisodiyotga kiritdik. Ammo korxonalarning kredit qoplamaslik holati va oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha muammoli kreditlar ko‘payyapti. Bosh vazir o‘rinbosarlari viloyat hokimlari bilan birga 2 hafta muddatda o‘z kompleksiga kiruvchi korxonalarning muammoli qarzdorligini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ikkinchi chorak yakuniga qadar ularning kamida 25 foizini, yil yakuniga qadar esa 100 foiz qaytarishni ta’minlash bo‘yicha hududlar va tarmoqlar kesimida jadval asosida ish olib borsin.

3 yilda hududiy dasturlar doirasida 16 trillion so‘mlik kredit hisobiga amalga oshirilgan 4,2 mingta loyihaning 50 foizi, joriy yildagi 11,5 trillion so‘mlik 2,6 mingta loyiha bo‘yicha esa 80 foiz pul tushumlari bankdan tashqarida aylanayotgani qayd etildi.

Demak, bu loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, “ko‘zbo‘yamachilik” uchun amalga oshirilayapti, korxonalar soliq to‘lamasdan ishlayapti degani emasmi? Agar bu pul bankka qaytsa, qancha imkoniyat ko‘payadi", – dedi davlat rahbari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!