Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq so‘zlaydi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin taklifiga binoan “BRIKS plyus” samitida ishtirok etadi.

Onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari rahbarlari, hamda Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston rahbarlari (jami 18ta) ham ishtirok etadi.

Forum davomida 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish masalalari ko‘rib chiqiladi.

“Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, innovasiyalar, raqamlashtirish, transport va logistika, gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga a’zo davlatlarning boshqa yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!