Shavkat Mirziyoyev Abu Ali ibn Sino tug‘ilgan qishloqni turizm shaharchasiga aylantirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Abu Ali ibn Sino tug‘ilgan qishloqni turizm shaharchasiga aylantirishni taklif qildi

Buyuk bobokalonimiz, ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirishni taklif qilaman. Buxoro shahrida eng zamonaviy jihozlangan tarix muzeyi tashkil etiladi va unda viloyatda mavjud 130 mingdan ziyod eksponatdan Buxoro tarixining eng noyob durdonalari joylashtiriladi. Buxoro shahrida Arxeologiya institutining filiali, Buxoro davlat universitetida alohida kafedra tashkil etiladi. Qorako‘l tumanida “Poykent – osmon ostidagi muzey” arxeologik parki tashkil etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!