Shamol orqali ham koronavirus yuqishi mumkinmi?

Shamol orqali ham koronavirus yuqishi mumkinmi?

Hozirda dezinfeksiya jarayonlarda yerning ustki qismi, yo‘llar, ko‘chalar zararsizlantirilmoqda. Demak, shamol orqali yer ustidagi koronavirus yuqish ehtimoli mavjudmi?

Savolga AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov javob beradi:

- Odam yo‘talganda va aksirganda virus ochiq havoda 3 soatgacha saqlanib qolishi mumkin. 3 soat o‘tgandan keyin virus tarkibidagi oqsillar denaturasiyaga uchraydi. Koronavirus infeksiyasida jamoat joylarida, hududlarda va boshqa joylarda profilaktik dezinfeksiya ishlari kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida olib boriladi.

Oxirgi tadqiqotlar natijasida virus ochiq muhitda 8 soatgacha o‘z faoliyatini saqlab qolishi aniqlangan. Xozirda olib borilayotgan dezinfeksiya ishlari natijasida nafaqat qoronavirus balki boshqa virus va mikroblar zararsizlanishi natijasida boshqa yuqumli kasalliklar deyarli uchramayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!