Shahrisabzda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Shahrisabzda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.P.” va “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari jami 14 ta korxonadan olingan umumiy qiymati 1,3 mlrd so‘mlik dori vositalarini pulini bermaslik maqsadida “S.P.” MCHJni qasddan to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga keltirib, 1,2 mlrd so‘mlik dori vositalarini naqd pulga sotib talon-taroj qilganliklari, shuningdek “S.P.” MCHJning 719 mln so‘mlik tibbiyot uskunalarini hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan “B.P.” MCHJ balansiga o‘tkazib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!