Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

A A A
Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

Ekologlarning tanqidiga, asosan, quyidagi yo‘ltanlamas va krossoverlar uchragan: BMW X7 M50i, Range Rover  Sport SVR, Audi Q7 Plug-In, Volkswagen Amarok Aventura va Mercedes-Benz GLS.

Mutaxassislarning hisoblashicha, mazkur transport vositalaridan shahar sharoitida foydalanish noqulay, shuningdek, ular atrof-muhitga katta zarar yetkazadi. Ekomutaxassislar har bir avtomobilga izoh berar ekan, ularning yoqilg‘i sarfi va havoga chiqaradigan zararli moddalari darajasi haqida ma’lumot berib o‘tgan.

Masalan, BMW X7 M50i 100 kilometr masofaga 15 litr yoqilg‘i sarflaydi. Avtomobil har bir kilometrga 357 gramm karbonat angidrid chiqaradi. Bundan tashqari, mashina o‘lchamlari oddiy garajlarga mo‘ljallanmagan.

Shuningdek, Range Rover  Sport SVR ham ekologiyaga jiddiy zarar yetkazadi — 390 gramm zararli gaz. Bu amaldagi normalardan to‘rt barobarga ko‘p demak.

Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

Foto: Duh

Audi Q7 Plug-In’ning ko‘rsatkichlari ham juda yomon — kilometriga 302 gramm.

Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

Foto: Duh

Volkswagen Amarok Aventura dizel pikapining dvigateli eskirgan «Evro-6» normalariga mos kelgani uchun «iflos» deb ataldi. Ekspertlar, shuningdek, uning o‘lchamlari va havo chiqaradigan karbonat angidrid (276 gramm) miqdoridan ham norozi.

Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

Foto: Duh

Antireytingdan Mercedes-Benz GLS ham o‘rin olgan. Ushbu modeldan havoga chiqadigan zararli gazlar miqdori — kilometriga 459,3 grammga teng.

Shahar sharoiti uchun noqulay bo‘lgan yo‘ltanlamaslar nomi e’lon qilindi

Foto: Duh

Avvalroq Rossiyadagi eng qulay avtomobillar reytingi tuzilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda eng qulay avtomobil deya Mercedes-Benz tanlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!