Sergeli va Yangihayot tumanlarida taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq faktlar aniqlandi

Sergeli va Yangihayot tumanlarida taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq faktlar aniqlandi

Tekshiruvlar davomida:

- 2022 yil 3 avgust kuni soat 15:30 larda Sergeli tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi T.Tojiboyev tomonidan Navro‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimda shubha uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida, yo‘lovchi, 2003 yilda tug‘ilgan K.N.ning cho‘ntagidagi uyali telefonning g‘ilofi orqasidan 2 dona, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro K.N. va topilgan modda Sergeli tumani IIO FMBga topshirilgan.

- 2022 yil 4 avgust kuni soat 00:10 larda, Yangihayot tumanida joylashgan «A.Turbanov» YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Ikromov va M.Po‘latovlar tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Matiz" rusumli avtomobil to‘xtatilgan vaqtda, salonda bo‘lgan yo‘lovchi ko‘rinishidan xodimlarda shubha uyg‘otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruvlar davomida, yo‘lovchi, 1983 yilda tug‘ilgan N.S.ning cho‘ntagidan 1000 so‘mlik pul kupyurasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yo‘lovchi N.S. va topilgan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!