Serdar Berdimuhamedov Germaniyada davolanyaptimi?

Serdar Berdimuhamedov Germaniyada davolanyaptimi?

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 21 iyun kuni Ashxoboddan Myunxenga parvoz qilgan. Safar tibbiy maqsadda amalga oshgani ma’lum qilindi. Bu haqda «knews» yozmoqda.

Manbaning yozishicha, prezident aeroportdan darhol Myunxendagi klinikalardan biriga yo‘l olgan. Bir soatdan sal ko‘proq vaqt o‘tgach, u Frankfurtga uchib ketgan va o‘shandan beri o‘sha yerda turibdi. Samolyot 23 iyunda Ashxobodga qaytish oldidan Myunxenda to‘xtagan.

Prezidentning mamlakatda yo‘qligi haqidagi ma’lumotni bilvosita Turkmaniston televideniyesining «Vatan» kechki yangiliklar dasturi tasdiqlagan. Uning 21 iyun kungi soni Berdimuhamedovning Mari viloyati madaniyat haftaligi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktubi bilan boshlangan. Davlat rahbari ishtirokida hech qanday reportaj namoyish etilmagan, bu «Vatan» uchun noodatiy holligi ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!