Serbiya Yugoslaviya parchalanganidan keyin birinchi marta Yevropa chempionatida o‘ynaydi

Serbiya Yugoslaviya parchalanganidan keyin birinchi marta Yevropa chempionatida o‘ynaydi

Serbiya alohida respublika sifatida ilk bor Yevropa chempionatiga yo‘llanma oldi.

Dragan Stoykovich shogirdlari bugun Bolgariya bilan durang o‘ynadi (2:2), Chernogoriya Vengriyaga imkoniyatni boy berdi (1:3).

Yakuniy tur natijalariga ko‘ra, vengerlar saralash G guruhida birinchi o‘rinni (18 ochko), serblar ikkinchi (14), chernogoriyaliklar uchinchi (11) o‘rinni egalladi. So‘nggi ikki o‘rinni Litva (6 ochko) va Bolgariya (4) egallab turibdi.

Vengriya allaqachon Yevro-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Bu guruhdan hech kim pley-offga chiqa olmadi.

Serbiya oxirgi marta 2000 yilda Yugoslaviya tarkibida Yevroda ishtirok etgan. 1992 yilda Yugoslaviya Sosialistik Federativ Respublikasi parchalanganidan so‘ng, ikkita respublika: Serbiya va Chernogoriyani o‘z ichiga olgan Yugoslaviya Federativ Respublikasi tashkil topdi.

Shu bilan birga, serblar so‘nggi ikki jahon chempionatida – 2018 va 2022-yillarda o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!