Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘istonga boradi

Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati Raisining taklifiga binoan joriy yilning 4-5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ladi.

Tashrif doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati Raisi Darig‘a Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarning amaliy jihatlari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq tatbiq etish ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining axborot-tahliliy ta’minoti, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!