Narxlarni hisoblash uchun harorati, yoshi, vazni va boshqa omillarni hisobga oladigan maxsus formula ixtiro qilindi.
Santa-Kruz shahridagi Kaliforniya universiteti astronomiya va astrofizika kafedrasi assistenti Greg Laflin tomonidan g‘ayrioddiy tadqiqot o‘tkazildi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yerning narxi besh kvadrillion dollarga teng.
Bunday taxmin bilan Sayyora Quyosh tizimida ma’lum bo‘lganlarning eng qimmatiga aylandi. Taqqoslash uchun: olimning fikriga ko‘ra, Mars sayyorasining narxi atigi 16 ming dollarni tashkil etdi. Marsning arzonligi hayot rivojlanishi uchun deyarli yaroqsiz ekanligi bilan bog‘liq. Venerani atigi bir sentga sotib olish mumkin ekan.
Astronomiya ob’ektining yoshi qanchalik katta bo‘lsa, qiymati ham shunchalik ko‘tariladi. Chunki sayyora harorati yoki chiqaradigan energiya miqdori orqali “etilish” va xususiyatlarni yaxshilash imkoniyatiga ega. Keyin ob’ektning massasi va uning hajmi hisobga olinadi. Qoida tariqasida, agar sayyora taxminan Yerning xususiyatlariga teng keladigan bo‘lsa, uni yaxshi va qimmat, deb hisoblash mumkin.
Laflin hammasi bo‘lib 1200 dan ortiq astronomik ob’ektlarni o‘rgangan. Ammo ularning aksariyati ob-havosi, og‘ir iqlimi tufayli yuqori narxni ololmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 80 million dollarlik sayyoralar batafsil o‘rganishga loyiq. Arzonroq turadiganlari esa o‘rganishga arzimaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.
Бир кун аввал Сурия мухолифати Дамашқ ва унинг атрофида «пойтахтнинг марказий маҳаллаларида оммавий талон-торож қилишни тўхтатиш» мақсадида жорий қилган комендантлик соати бекор қилинди.
Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.