Sayyorada o‘rtacha yillik havo haroratining +4 darajadan yuqori ko‘tarilishi nimalarga olib keladi?
Uzoq muddatli ishonchi iqlim prognozlariga ko‘ra, sayyora haroratining +4 daraja yuqori ko‘tarilishi sayyora kengliklarida turlicha o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi:
➖Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik darayolarning suv olish manbasi tog‘ muzliklarining 60 % i erib tugab, yo‘q bo‘lib ketishini anglatadi;
➖shimoliy qutb doirasidagi muzlar erib, yangi yerlar ochiladi, bu muzlikdan bo‘shagan yerlar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun dunyodagi eng optimal hududlarga aylanadi;
➖ Afrikadagi Sahroyi Kabir cho‘li shimolga tomon kengayib, Yevropaning janubi va markazini egallay boshlaydi;
➖Yangi Zelandiya, Tasmaniya orollari, Janubiy Amerikaning Patagoniyasi, hatto Antarktida g‘arbida aholi istiqomad qilishi uchun komfort iqlimiy sharoitlar kuzatila boshlaydi (dunyo aholisining shu manzillarga ko‘chib o‘tishi faollashadi);
➖ekvatorial va tropik mintaqalarda yuqori haroratning yuqori namlik omili bilan birgalikda mavsumiy kuzatilishi, chidab bo‘lmas yuqori issiqlik hissiyot sharoitlarini keltirib chiqaradi (insonlarning boshqa areallarga ko‘chib ketishini tezlashtiradi).
Ma’lumot uchun, hozirda Yer harorati sanoat davrigacha bo‘lgan havo haroratidan +1.2 darajaga yuqori ko‘tarilib bo‘ldi.
