Savdo-sanoat palatasi ogohlantirmoqda

Bugungi kungacha fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxta xom ashyosi klasterlarga yuklab jo‘natilgan.
Paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddati 1 noyabrgacha edi.
Soliq kodeksida tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi, yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Misol tariqasida hisoblasak, 100 Ga yer maydondan (har bir GA yerdan 30 sentner) 3000 sentner paxta hosili olingandagi soliq oqibatlari (paxta tavsiyaviy narx bo‘yicha 7800 so‘mdan hisoblandi):
300 tn paxta x 7,8 mln so‘m tonnassiga = 2340 mln so‘m.
Klaster misolida jarima jami 1099,8 mln so‘m:
- 2340 mln so‘m*20 % jarima = 468,0 mln so‘m
- 2340 mln so‘m*12 % QQS = 280,8 mln so‘m
- 2340 mln so‘m*15 % foyda solig‘i = 351,0 mln so‘m.