Saudiyalik erkaklarning 4 mamlakatdan uylanishi taqiqlandi

Saudiyalik erkaklarning 4 mamlakatdan uylanishi taqiqlandi

Saudiyalik erkaklarga qirollik hukumati 4 mamlakatda tug‘ilgan ayollar bilan nikohni taqiqlab qo‘ydi. Bular Pokiston, Bangladesh, Chad va Myanma davlatlaridir.

Saudiya Arabistonida bu 4 davlatning yarim millionga yaqin aholisi bor va shunday qilib rasmiylar yetarli darajada kuyovlarlarga ega bo‘lmagan qirollikning tub ayollari ahvoliga ta’sir o‘tkazishga qaror qildi, deya xabar bermoqda IslamNews GulfNews ga tayanib.

Saudiya hukumati chet ellik ayollar bilan nikohlarga qarshi kurashish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda - chet eldan ayollarga uylanmoqchi bo‘lganlar ko‘plab byurokratik to‘siqlarni yengib o‘tishlari kerak.

Ajrashgan erkaklar ajralishdan keyin 6 oy ichida bunday nikohga ariza berish va 25 yoshga to‘lmagan saudiyaliklarga chet ellik ayolga uylanishga ruxsat berilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!