Saudiya Arabistonida ham Ramazon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonida ham Ramazon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistoni Buyuk ulamolar kengashi a’zosi va Qirollik sudi maslahatchisi shayx Abdulloh bin Sulaymon Al-Maneaning ta’kidlashicha, Ramazon bu yil 30 kun davom etadi, deb xabar bergan Al Shorouq Online portali.

Bundan Ramazon hayiti astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra 13 may kuni nishonlanishi kelib chiqadi.

Saudiya Arabistoni oyni an’anaviy vizual kuzatish bo‘yicha emas, astronomik texnologiyadan foydalangan holda birinchi marta Islomiy taqvim sanasini e’lon qildi.

Al-Manea Ramazon oyining oxirini yangi oyni kuzatish bilan nishonlamoqchi bo‘lganlarni buni davom ettirishga chaqirdi.

Saudiya Arabistonida Ramazon 13 aprelda boshlangan edi. Islomda muqaddas oyining boshlanishi ham, oxiri ham yangi oyning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi, bu oy 29 yoki 30 kun davom etishini bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!