Saudiya Arabistoni o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining klinik sinovlarini boshladi

Saudiya Arabistoni o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasining klinik sinovlarini boshladi

Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi o‘zining vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu sinovlar Qirollikning Ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Imom Abdul Rahmon bin Faysal nomidagi universitet shu haftada koronavirusga qarshi mahalliy vaksina sinovini boshladi. Avvalroq, ushbu vaksinaning COVID-19 ga qarshi samaradorligini isbotlagandi.

Shuningdek, ushbu universitet mahalliy vaksinadan klinik sinovning birinchi bosqichiga yetarli bo‘lgan miqdorda ishlab chiqarish uchun Buyuk Britaniya va Shvesiyaning AstraZeneca kabi eng yirik ixtisoslashgan kompaniyalari bilan ish olib bormoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiyada shu paytgacha 368 362 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan va ularning 6415 tasi mazkur kasallik tufayli vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!