Saudiya Arabistoni Haj safarlarini amalga oshirishga ruxsat beradi. Faqat...

Saudiya Arabistoni Haj safarlarini amalga oshirishga ruxsat beradi. Faqat...

Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshirish uchun ruxsat bermoqchi, ammo ular koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun maxsus shartlarga amal qilgan holda o‘tkaziladi, deb yozadi Saudiya matbuot agentligi. 

Xabarga ko‘ra, Haj ziyorati bilan bog‘liq tadbirlar «xavfsiz muhitda» bo‘lib o‘tadi, chunki inson salomatligi va xavfsizligi qirollikda birinchi o‘ringa qo‘yiladi.

Saudiya Arabistonining sanitariya organlari vaziyatni baholashda davom etmoqda. Haj safarini amalga oshirish bo‘yicha tafsilotlar, shuningdek, COVID-19 tarqalishi ustidan nazorat bo‘yicha choralar keyinroq e’lon qilinadi.

2021 yilda Haj ziyorati 17—22 iyul kunlari amalga oshiriladi. Umra safarini esa yilning qolgan vaqtida ado etish mumkin.

Mart oyida Saudiya Arabistoni barcha ziyoratchilarning koronavirusga qarshi emlanishi kerakligini ma’lum qilgandi. Ushbu talab chet ellik ziyoratchilar uchun ham, mamlakat fuqarolari uchun ham amal qiladi.

Keyinroq Umra safarini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga keladigan barcha xorijliklar koronavirusdan davolanish xarajatlarini qoplaydigan tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

2020 yilda Saudiya Arabistoni chet ellik ziyoratchilar uchun Haj safarini bekor qildi, faqat qirollik hududida bo‘lganlargina unda ishtirok etishi mumkin edi. Bundan tashqari, ishtirokchilar soni ming kishi bilan cheklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!