Sardor Umrzoqov energetika masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

Sardor Umrzoqov energetika masalasida yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun Prezident administrasiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida qishni betalafot o‘tkazish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy ruhdagi tadbirda mutasaddilarga energetika tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Tadbirda administrasiya rahbari Sardor Umrzoqov tomonidan qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mas’ul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralari tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida kun-u tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.

Shuningdek, energetika tizimi mutasaddilari bilan hududlarga qo‘shimcha tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ko‘mirni yetkazib berish masalasi alohida muhokama qilindi.

Bu masalalar bo‘yicha kunlik nazorat tizimini o‘rnatish uchun prezident maslahatchilari va bosh vazir o‘rinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!