Sardoba jabrdiydalariga Turkiyadan 7 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami keldi

Sardoba jabrdiydalariga Turkiyadan 7 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami keldi

Turkiyaning muvofiqlashtirish va hamkorlik agentligi (TIKA), Sardoba fojiasi jabrdiydalariga yana bir bor gumanitar yordam jamlamasini yetqazib bermoqda. Bu haqda Turkiya Elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.

Gumanitar yordam 4000 ko‘rpa to‘shak, yostiq va yotoq jamlamalarini o‘z ichiga olgan 7 ta yuk tashuvchi mashinada yetqazib beriladi.

Ushbu insonparvarlik yordami 2020 yil 15 iyun soat 16:00 da, Guliston shahridagi Alpomish sport kompleksida tashkil etiladigan marosimda Turkiyaning elchisi Mehmet Surayyo Er va TIKA agentligi rahbari Jamoliddin Tuney janoblari tomonidan Sirdaryo hokimligiga taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!