Sankt-Peterburgdagi YTHda 22 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgdagi YTHda 22 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda sodir bo‘lgan YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 17 noyabr kuni soat 21:50 larda yuz bergan. Opel Astra mashinasini boshqarib ketayotgan 27 yoshli haydovchi piyodalar yo‘lagini svetaforning taqiqlangan chiroqda kesib o‘tayotgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosini urib yuborgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ikki erkak yo‘lni qizil chiroqda kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Mashina ulardan birini urib yuborgan.

Bundan avval Polshada sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohat olgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!