Sankt-Peterburgda yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayol va uning o‘g‘li qayerda edi?

Sankt-Peterburgda yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayol va uning o‘g‘li qayerda edi?

Uch kun avval Sankt-Peterburgning Frunze tumanida to‘rt oylik o‘g‘li bilan savdo markaziga ketayotganida yo‘qolib qolgan o‘zbekistonlik Sarvinoz Adizova volontyorlar tomonidan topilgandi

"Daryo"ning yozishicha, Sarvinoz 31 oktyabr kuni o‘g‘li bilan birga sog‘-omon holda topilgan. Shu tarzda endigina boshlangan qidiruv ishlari yakunlandi: volontyorlar yo‘qolgan ona va bola suratlarini ko‘chalarga yopishtirib chiqqan, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatayotgan edi.

«Rus tilida zo‘rg‘a gapiradigan ayolga hech qanday zarar yetmagan. Uning shuncha kun qayerda yurgani hozircha noma’lum», — deyiladi xabarda.

Polisiyaga ayol va uning farzandi topilgani haqidagi rasmiy xabar hali yetkazilmagan.

Sankt-Peterburg ichki ishlar organlarida ular haligacha bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

O‘zbekistonlik 32 yoshli erkak 29 oktyabr kuni rafiqasi va o‘g‘li yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!