Sankt-Peterburgda federal qidiruvdagi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

Sankt-Peterburgda federal qidiruvdagi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida federal qidiruvda bo‘lgan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish idoralaridagi manbasiga tayanib, «78.ru» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, polisiya tomonidan ushlangan o‘zbekistonlik erkak 2020 yilning yozidan buyon talonchilikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, 2020 yil 12 avgustda o‘zbekistonlik erkak sheriklari bilan birga Pavlovo qishlog‘idagi uyga kirib, u yerdan naqd 1 million va bahosi kamida 230 ming rubl bo‘lgan narsalarni o‘g‘irlab ketgan. U bungacha bir necha bor sudlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!