Samsung Galaxy S21ni ovoz yordamida blokdan chiqarish mumkin

Samsung Galaxy S21ni ovoz yordamida blokdan chiqarish mumkin

Hozirda ko‘pchilik smartfonni barmoq izi skaneri yoki yuz orqali tezda blokdan chiqarishga o‘rganib qolgan. Samsung esa ushbu funksiyani yangi biometrik autentifikasiya usuli orqali kengaytirishni istamoqda — Galaxy S21’ni ovoz yordamida blokdan chiqarish mumkin bo‘ladi.

Zamonaviy smartfonlar odamlar ovozini ajrata oladi, bu 2013 yili Moto X’da paydo bo‘lgandi — unga nutqni ajrata oladigan alohida chip o‘rnatilgan. Samsung ushbu texnologiya yordamida foydalanuvchilar o‘z smartfonlarini qisqa jumlalar orqali ochishiga imkoniyat yaratmoqchi.

Qurilmani blokdan chiqarishning bu kabi usuli, masalan, mashinada — smartfon biror joyga o‘rnatilgan bo‘lsa, foyda beradi. Biroq ikkinchi masala — bu ish amalga oshirilganidan so‘ng baribir ekranga qo‘l bilan tegish kerak bo‘ladi.

«Ehtimol, Samsung smartfonni ovoz yordamida boshqarishning ko‘proq imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgandir, shunda ushbu fikrdan qandaydir ma’no bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Samsung taqdimotda javob berishi kerak bo‘ladigan yana bir savol — texnologiyaning qanchalik xavfsizligi. Zamonaviy neyrotarmoqlar odamlar ovozini yaratish imkoniyatini beradi. Kompaniya o‘z qurilmalarini bundan himoyalay olish-olmasligi hozircha noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!