Samarqandda o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Xalqaro konferensiyada qariyb 2 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Akrom Mo‘minov oziq-ovqat mahsulotlarining bozordagi narxlari barqarorligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
⚫️BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil avgust oyida FAOning umumiy oziq-ovqat indeksi 2,1 foizga kamaygan. Bunda, go‘sht narxi 3 foizga, cyt mahsulotlari narxlari 4 foizga, donli ekinlar narxlari 0,7 foizga, o‘simlik yog‘i naxi 3,1 foizga pasaygan.
⚫️AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan avgust oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha bug‘doy ishlab chiqarish hajmi 2022/2023 yil mavsumga nisbatan 3,4 mln. tonnaga oshib, 793,4 mln.tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
⚫️Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblangan inflyasiya darajasi joriy yil yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilgi 7 foizdan 3,8 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari inflyasiyasi esa 8,5 foizdan 3,7 foizgacha pasaydi.