Samarqandda mast haydovchi boshqaruvidagi "Matiz" kanalga tushib ketdi, ichidagi yo‘lovchi vafot etdi

Samarqandda mast haydovchi boshqaruvidagi "Matiz" kanalga tushib ketdi, ichidagi yo‘lovchi vafot etdi

Samarqandda "Matiz" avtomobilini mast holda boshqarib borayotgan haydovchi "Narpay" kanaliga tushib ketdi va oqibatda mashina ichida bo‘lgan amakisi suvda qolib vafot etdi.

Haydovchi maktabda qorovul bo‘lib ishlaydi. Mas’uliyatsiz maktab qorovuli ish joyida amakisi bilan spirtli ichimlik ichadi. Uning aytishicha, aroqni ta’siri kamlik qilib,  yana spirtli ichimlik izlab chiqqanida mana shu baxtsiz hodisa sodir bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, 19 noyabr kuni soat 05:20 da Narpay tumanidan o‘tuvchi 4K-577 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida «Matiz» ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Haydovchi transport vositasini mast holda boshqarib, tezlikni me’yordan oshirish oqibatida kanalga tushib ketgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinadan chiqishga ulgurgan, uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi esa mast bo‘lgani uchun mashinadan chiqolmay, suv yutish oqibatida halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!