Samarqandda itni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi

Samarqandda itni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘langan holda turgan itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, itni azoblab o‘ldirgan shaxsni aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu holatni sodir etgan erkak Kattaqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan qo‘shma korxona ishchisi, Xitoy fuqarosi Hao Sihua ekani aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan BHMning uch baravari miqdorida (to‘qqiz yuz ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Qo‘shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib, profilaktik ishlar olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!