Samarqandda is gazidan zaharlanib vafot etgan yigitlarni ishlatgan "tadbirkor" qamoqqa olindimi?

Samarqandda is gazidan zaharlanib vafot etgan yigitlarni ishlatgan "tadbirkor" qamoqqa olindimi?

Samarqand shahrida is gazidan 4 kishi vafot etganligi haqida xabar bergan edik. Bugun shaharning Maqsud Shayxzoda mahallasida shu masala muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sodir bo‘lgan ayanchli holat sabablari, uyda quruvchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi, bu haqda mahalla faollari va xonadon egalarining so‘zlari tinglandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 29 mart kungi qarori bilan marhum quruvchilar ishlagan uyning egasi F.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194- va 195-moddalari qo‘llanilib, ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!