Samarqand tumanida ETK texnigi va hisobchisining firibgarligi fosh etildi

Samarqand tumanida ETK texnigi va hisobchisining firibgarligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman ETK texnik xodimi R.R. va hisobchisi S.T. fuqaro F.B.ning xonadonida elektr tarmog‘idan foydalanish tartibini buzganligi holati bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda hisoblagich ko‘rsatkichini “0” qilib berish evaziga 7,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, shundan 5 mln so‘mi qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!