Salqin kunlarda qanday meva-sabzavotlar iste’mol qilish kerak?
🌨 Havo haroratining pasayishi tana haroratiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Bunday sharoitda kaloriyaga boy, foydali mahsulotlar iste’moliga e’tibor berish zarur. (https://telegra.ph/file/583fa5be0cb35dd6f35a6.png)
— Sovuqda qon tomirlarimizda keskin torayish kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda esa ular kengayadi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Bu insonlarda qon bosimi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
🥔 Kartoshka qon tomirlarining holatini yaxshilashga yordam bera oladi. Uning tarkibidagi kaliy qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, qon aylanishini yaxshilab, bosimni barqarorlashtiradi.
🍛 Ildizmevali sabzavotlar va yog‘li go‘sht solingan qaynatilgan sho‘rva qishda, ayniqsa, foydali. Bunday sabzavotlarda uglevodlar ko‘p bo‘lib, qishning sovuq kunlarida boshqa sabzavotlarga qaraganda organizmga ko‘proq energiya beradi.
🧅 Sabzavotlardan piyoz antioksidant sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
🍠 Lavlagi va uning sharbati ham foydali vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan mahsulot hisoblanadi.
🍞Nonda juda ko‘p B vitaminlari mavjud, ya’ni ular asab tizimining silliq ishlashi va sog‘lom uyqu uchun javobgardir.
🍊S vitamini organizmda oqsillar va serotonin moddalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Sitrus mevalar va ularning sharbatlari salqin mahsulot bo‘lsa-da, ulardan tayyorlangan murabbo, qiyom va marmeladlar S vitaminiga boy issiq mahsulot hisoblanadi.
🍋Limonning me’yordagi iste’moli kasallikni haydashda muhim o‘rin tutadi.
🫚 Yog‘ kislotalari ular yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatga ta’sir qiladi. Ushbu moddalar yong‘oq, zig‘ir va bir qator dukkakli ekinlarda ko‘p miqdorda mavjud
