Salkam 25 millionlik qarz: MCHJ bankrot deb topildi, xodimning maoshi undirildi

Salkam 25 millionlik qarz: MCHJ bankrot deb topildi, xodimning maoshi undirildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining qarzdor Beruniyorolsuvqurilish MCHJ dan undiruvchi Kurbaniyazov Baxtiyor Urazbayevich foydasiga 24.693.428 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar Beruniyorolsuvqurilish MCHJ Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan BANKROT deb topilgan.

Shuningdek, ijro xarakatlari natijasida qarzdor Beruniyorolsuvqurilish MCHJ dan undiruvchi B.Kurbaniyazov foydasiga 24.693.428 so‘m ish haqi pullari to‘lig‘i bilan undirilib berildi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlaroini ijro etish to‘g‘risida gi Qonunning 41-moddasiga asosan amala ijro qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!