Rus estradasi yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Rus estradasi yulduzlari O‘zbekistonga keladi

Rossiyaning mashhur "Jara" xalqaro musiqiy festivali O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

20-21 may kunlari Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida rossiyalik yulduzlarning konserti bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Sevimli” telekanali Emin Agalarovga tayanib.

Festivalda Grigoriy Leps, Jonni, HammAli & Navai va boshqalar chiqish qiladi.

"Jara" xalqaro musiqa festivaliga 2016 yilda Emin Agalarov asos solgan. Tadbirning konsert kunlarining translyasiyasi butun MDH bo‘ylab o‘rtacha 150 million tomoshabinni to‘playdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!