"Rus ayolning qiziga uylansam bo‘ladimi?"

"Rus ayolning qiziga uylansam bo‘ladimi?"

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Ahvollaringiz yaxshimi, ustoz? Bir savolim bor edi. 

Bir kishi bundan 50-60 yillar muqaddam Rossiyaga ish uchun borib bir ayolga uylanib olgan ekan. Islomiy nikoh bo‘lganmi-yo‘qmi, unisini bilmaymiz. Keyin u odam 1-2 ta farzandli bo‘lgandan keyin yurtimizga rus ayoli bilan qaytib kelib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan, yana bir necha farzandli ham bo‘lishgan. Bolalari xuddi o‘zbekday ulg‘ayishgan. Odatlarimizni ba’zi o‘zbeklardan ko‘ra yaxshiroq bilishadi. Yana ularning hammasi shu yerda o‘zbeklar bilan nikohlanib, farzandli bo‘lib ketishgan. Islom dinimizga amal qilishadi, satri avrat masalalari-yu, farzlarning hammasini bilishadi va amal qilishadi. Gap shundaki, onam o‘sha oilaning bir qizini kelin qilsak, deyotgandi. Sababi ular juda yaxshi odamlar, qizi Qur’on o‘rganayotgan, ro‘mol o‘rab yuradigan qiz ekan, akasi qori ekan.

Meni o‘ylantirayotgan jihati ular ongli ravish biz Islomni qabul qilamiz deb shahodat kalimasini qaytarib musulmon bo‘lishmagan. Shu yerda tug‘ilib o‘zbeklarni ichida yashagani uchunmikin, musulmon bo‘lib ketishgan. Shu qiz bilan nikohlansam bo‘ladimi? (Farzandlarim qori va qoriya, buyuk insonlar bo‘lishini xohlayman. Aynan shuning uchun so‘radim bu savolni.) Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni bundan-da ziyoda qilsin. Omiyn!

 

Javob:

Vaalaykum assalom varahmatulloh. Gapingizdan u rus ayolining iymonga kelish holatidan xabardor emasligingiz ko‘rinib turibdi. Ammo uning farzandlari amal qilishlari, satrda ekanlari va farzlarni bilib, amal qilishlari haqiqiy musulmon ekanlarini bildirib turibdi. Akasi qori bo‘lgan bu hijobli qizga uylanishingiz mumkin. 
Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!