Rossiyaning davlat qarzi 2021 yilda qanchaga yetdi?
Rossiya Federasiyasining davlat qarzi 2021 yilning birinchi choragida 741,3 milliard rublga (10,1 milliard dollar) ko‘tarilib, 19,7 trillion rublni (268 milliard dollar) tashkil etmoqda. Aniqroq aytganda, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 foizga o‘sgan.
Bu haqda Hisob palatasi 2021 yil yanvar-mart oylarida federal byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda e’lon qildi.
Yanvar-mart oylarida mamlakatning ichki qarzlari hajmi 4,6 foizga, ya’ni 683 milliard rublga (9,3 milliard dollar) oshgan. Shuningdek, davlat qarzining umumiy qiymatdagi ulushi 77,9% dan 78,4% ga yetgan.
Hisobotga ko‘ra, Rossiyaning tashqi qarzi 1 aprelga kelib, 1,1 foizga (598,3 million dollar) kamaydi va 56,1 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, davlat qarzi YAIMning hajmiga nisbatan maksimal darajasi 20,4% ni tashkil qiladi (2022 yilda – 20,8%, 2023 yilda – 21,4%).
