Rossiyaliklar o‘lim jazosi qaytarilishini xohlaydimi?

Rossiyaliklar o‘lim jazosi qaytarilishini xohlaydimi?

Sosiologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning 53 foizi o‘lim jazosini qaytarishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 39 foizi bu fikrga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. 7% javob berishga qiynalgan, 1% esa javob berishdan bosh tortgan.

Ayniqsa, o‘lim jazosi g‘oyasini kichik shaharlar, qo‘rg‘onlar va qishloqlardan kelgan respondentlar, oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar, shuningdek, yoshi 60 va undan katta bo‘lgan yoki daromadi 40 ming rubldan kam bo‘lganlar qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘pincha respondentlar o‘lim jazosini pedofiliya, qotillik va terrorizm holatlarida qo‘llash maqbul deb hisoblashgan. Korrupsionerlar, dezertirlar va “davlat xoinlari”ga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash so‘rovda qatnashganlarning atigi 13 foizi tomonidan ma’qullangan.

Tadqiqot Russian Field mutaxassislari tomonidan 5 apreldan 11 aprelgacha telefon orqali so‘rovnoma yordamida o‘tkazilgan. Unda Rossiyaning turli hududlaridan, turli jins va yoshdagi 1631 respondent ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!