Rossiyalik investorlar Markaziy Osiyo bozorlariga qiziqmoqda

Rossiyalik investorlar Markaziy Osiyo bozorlariga qiziqmoqda

Rossiyalik investorlar Markaziy Osiyodagi bozorlarning 35 foiziga qiziqish bildirmoqda.

Gap Olmaota (Qozog‘iston), Toshkent (O‘zbekiston), Dushanbe (Tojikiston) va Bishkek (Qirg‘iziston)dagi mintaqaviy ahamiyatga ega yopiq bozorlar haqida ketmoqda.

Mutaxassislar mazkur bozorlar savdo markazlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining keng assortimenti, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning noyob tovarlari va norasmiy muhit bilan ajralib turishini ta’kidlagan.

Tahlilchilar Toshkentdagi 3-4 gektar maydonda joylashgan taxminiy loyihani baholashga ham ulgurgan. Bu katta ehtimol bilan "Chorsu" bo‘lishi mumkin. Mazkur loyihaga 20 mln dollar investisiya kiritilsa 7-8 yilda o‘zini oqlashi kutilmoqda.

Manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!