18-mart kuni kechqurun Ligovsk prospektidagi "Galereya" savdo majmuasi yonida bir guruh yoshlar orasida to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan raqsga tushgan 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi polisiya tomonidan ushlandi. Bu haqda Rossiya IIV shahar va Leningrad viloyati bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Markaziy tuman jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari jamoat tartibini buzgan shaxsni aniqlab, qo‘lga olishdi. U Marat ko‘chasida xolasi bilan yashovchi 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekan. Fevral oyining oxirida Peterburgga kelgan yosh muhojir allaqachon restoranda oshpaz bo‘lib ishlashga ulgurgan, hozir esa mebelsozlik kasbini o‘rganmoqda. Tergov davomida u polisiyachilarga qo‘lida o‘yinchoq to‘pponcha ushlaganini, biroq raqsdan so‘ng uni darhol qayergadir tashlab yuborganini ta’kidladi," - deyiladi xabarda.
o‘zbekiston fuqarosiga nisbatan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Мамлакат элчихонаси кўмагида Ташқи ишлар вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги ва Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги вакилларидан иборат Ўзбекистон делегациясининг Будапешт шаҳрига амалий ташрифи ташкил этилди.
Бокс Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинлари дастуридан ўрин оладиган бўлди. Бу ҳақида Грецияда ўтаётган Халқаро Олимпия қўмитасининг (ХОҚ) 144-Сессиясида расман эълон қилинди.