Rossiyada o‘zbekistonlik murabbiy o‘z shogirdini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Rossiyada o‘zbekistonlik murabbiy o‘z shogirdini zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Rossiyaning Leningrad viloyati Viborg tumanda sharq yakkakurashlari bo‘yicha murabbiy o‘zining voyaga yetmagan tarbiyalanuvchisiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda. Murabbiy 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, mahalliy sport klubida ishlagan. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar berdi.

16 yoshli qizning otasi polisiyaga murojaat qilgan. 13 noyabr kuni holat bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘rlik moddasi asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qiz tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, murabbiy 2018 yilda sport klubining binosida uni zo‘rlagan.

Gumonlanuvchi Rossiyaga 2018 yilda borgan. Erkak ikki sutkaga qamoqqa olingan. Yaqin vaqt ichida unga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot chorasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!