Rossiyada qizil ikraning narxi keskin tushib ketdi

Rossiyada qizil ikraning narxi keskin tushib ketdi

Rossiya baliqchilik xo‘jaligi boshqarmasida (Rosribolovstvo) yangi yil arafasida qizil ikra narxi tushib ketganini xabar qilishdi.

“Bu yil Tinch okeanida ovlangan losos baliqlari miqdori 677 ming tonnani tashkil qildi. Bu 2017 yilga nisbatan ikki baravar ko‘p. Rossiyada umumiy ovlangan baliq miqdori esa – 5 million tonnadan oshdi. Bu - sobiq Ittifoq davridan so‘ng o‘rnatilgan rekord!”, - dedi jurnalistlarga Rosribolovstvo rahbari Ilya Shestakov.

Rosribolovstvo rahbari aytishiga qaraganda bunday yuksak natijalarga erishishga baliq xo‘jaliklari va qo‘riqlash organlarining samarali faoliyati sabab bo‘lgan. Ikkinchidan suzib yuruvchi to‘rlardan foydalanish bekor qilinishi natijasida qo‘riqxonalar ikra qo‘yadigan baliqlarga to‘lgan.

Manba: sputniknews-uz.com

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!