O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlarimiz doimiy yashash manziliga qaytarildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, hamyurtimiz S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o‘rtog‘i bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tug‘ruqxona bilan bog‘liq muammolarini hal qilish berishni so‘rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi "Ayollar kengashi" raisi mazkur murojaatni har tomonlama o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo‘lg‘usi onaning homilasiga va O‘zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko‘magida hamyurtlarimizning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun "Ekaterinburg-Toshkent" yo‘nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.
O‘zbekiston diplomatlari mazkur oilani 3 may kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘yishdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Навбатдаги ҳолатда, пойтахтда вақтинча истиқомат қилиб келаётган 2004 й.т. хорижий фуқаро бошқа чет эт фуқаросининг ишончига кириб, унга Буюк Британия сохта фуқаролик паспортларини тайёрлатиб бериш имконияти борлигини айтади
“Репорт” нинг хабар беришича , бу ҳақда яҳудий давлати ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Германия ташқи ишлар вазирлигининг янги раҳбари Иоган Вадефул билан Қуддусда бўлиб ўтган учрашувдан сўнг маълум қилди.
Украина расмийларининг "аввал 30 кунлик сулҳ эълон қилиш, кейин музокараларни бошлаш" ҳақидаги баёнотларига қарамай, Москва 15 майда Истанбулда музокаралар ўтказишни устувор деб ҳисоблашда давом этмоқда.