Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi

Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi

Rossiyada mahbuslar tergov izolyatorining ikki xodimini garovga oldilar, deb xabar beradi Federal Jazoni ijro etish xizmati (FSIN)ning Rostov viloyati bo‘yicha departamenti.

Federal Jazoni ijro etish xizmati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, hamkorlik qiluvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va prokuratura vakillari voqea joyida, deya xabar beradi departament. Federal jazoni ijro etish xizmati markaziy apparati xodimlaridan bir guruhi viloyatga jo‘nab ketdi. Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu bilan birga, Federal Jazoni ijro etish xizmati 1-tergov hibsxonasi «normal rejimda» ishlayotganini va vaziyat «nazorat qilinayotganini» ma’lum qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!