Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklardan norasmiy kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatmaslik so‘ralmoqda

Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklardan norasmiy kuryerlik xizmatlarini ko‘rsatmaslik so‘ralmoqda

So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federasiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Murojaatlardan ma’lum bo‘lishicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirib ko‘rish zarurligi so‘ralmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!