Rossiyada g‘ayritabiiy issiqlik tufayli gaz quvuri yonib ketdi

Rossiyada g‘ayritabiiy issiqlik tufayli gaz quvuri yonib ketdi

Saratov viloyatida (Rossiya) bosimning pasayishi gaz quvurida yong‘inga sabab bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sabab anomal issiqlik bo‘lgan, dedi viloyat gubernatori Roman Busargin.

«Storojevka hududidagi gaz quvurida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, g‘ayritabiiy issiqlik tufayli bosim pasaygan, buning natijasida yonish kuzatilgan», deb yozadi Busargin. Yong‘in mahalliylashtirilgan va keyin o‘chirilgan.

Barcha favqulodda xizmatlar jalb qilingan. O‘t o‘chirish brigadalari yetib kelganida, balandligi 5 m bo‘lgan mash’al yonayotgan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi 15 iyun kuni Saratov viloyatining ayrim hududlarida kuchli yong‘in xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi. 16 iyun kuni anomal issiqlik to‘lqini kuzatiladi, havo harorati +38 darajaga etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!