Rossiyada 12 yoshli o‘quvchi qizning qotili qo‘lga olindi. U aybini tan oldi

Rossiyada 12 yoshli o‘quvchi qizning qotili qo‘lga olindi. U aybini tan oldi

 

Nijniy Novgorod viloyatida 12 yoshli o‘quvchining qotili hibsga olindi. U o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

59 yoshli Sergey Matyushin maktab o‘quvchisini o‘ldirganlik va zo‘rlaganini tan oldi. 

13 may kuni Nijniy  Novgorod viloyati qishlog‘idagi o‘rmon kamaridan pichoq jarohatlari va jinsiy  zo‘ravonlik belgilari bo‘lgan qizchaning jasadi topildi. Maktabdan keyin qiz ota-onasiga  qo‘ng‘iroq  qilib, uyiga ketayotganini aytgan. Keyin esa aloqaga chiqmagan. 

Kuzatuv kameralarida velosiped haydab ketayotgan erkak ko‘ringan. Qishloq aholisi esa bu erkakni maktab atrofida tez-tez ko‘rishganini aytgan. Shundan keyin o‘sha erkakning iziga tushishgan. 

Matyushin ilgari jinsiy jinoyatlar uchun sudlangan. 15 yoshida u ikkita yosh qizni zo‘rlagan. O‘sha paytda u  15 yoshda edi, shu sababli jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Olti yildan so‘ng, Matyushin yangi jinoyat sodir etdi. U bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun 10 yilga hukm qilindi.

Ozod qilinganidan so‘ng, 2004 yilda Matyushin liftdagi sakkiz yoshli qizchaga pichoq bilan hujum qildi.  U qochishga muvaffaq bo‘ldi, uy ijarachilari erkakni ushlab olishdi. Tintuv davomida pedofildan uchta  pichoq va arqonni topilgandi. U 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Keyin esa 2016 yilda ozod qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!