«Rossiya, Xitoy va...» NATO va Yevropa Ittifoqi uchun asosiy tahdidlarni ma’lum qildi
Rossiya, Xitoy, terrorizm, kiberhujumlar va iqlim o‘zgarishi NATO va Yevropa Ittifoqi uchun asosiy tahdiddir. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o‘tdi, deb yozdi «TASS».
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO uchun asosiy maqsad, sog‘liqni saqlash inqirozining xavfsizlik inqiroziga aylanishini oldini olish bo‘lgan.
«Pandemiyagacha bo‘lgan barcha tahdidlar saqlanib qoldi. Bular Rossiya tajovuzi, terrorizm, kiberhujumlar, Xitoyning kuchayishi va iqlim o‘zgarishi», - dedi Stoltenberg.
Bosh kotibning ta’kidlashicha, bitta qit’a yoki mamlakat ularga qarshitura olmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)