Rossiya va Xitoy dunyo tartibini buzmoqda

Rossiya va Xitoy dunyo tartibini buzmoqda

Rossiya va Xitoy dunyo tartibini buzmoqda.

Bu haqda Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashi koordinatori Jon Kirbi Fox News telekanaliga ma’lum qildi.

"Ikkala davlat ham Qo‘shma Shtatlar hamda ko‘plab ittifoqchi va hamkorlarimiz Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin barpo etgan qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni buzmoqda", — ta’kidladi Kirbi.

Bundan tashqari, amaldor Si Szinpin Jo Bayden bilan aloqalarni ochiq tutishiga va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar orqali Ukraina pozisiyasini aniqlashga harakat qilishiga umid qilishini aytdi.

"Biz Pekin Ukraina nuqtai nazarini eshitishi kerak, deb hisoblaymiz", — deya xulosa qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!