Rossiya va Xitoy AQShga yana bir halokatli zarba berdi
Rossiya va Xitoy BRIKS doirasida dollar o‘rnini boshqasi bilan almashtirish ustida ish olib borib, unga halokatli zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti "Redacted News" dasturi boshlovchisi Kleyton Morrisga tayangan holda xabar berdi.
“Putin va Xitoy G‘arbga yana bir halokatli zarba berdi. Tobora ko‘proq davlatlar dollardan voz kechishga qaror qilmoqdalar - Laos, Pokiston, Argentina, Braziliya - hammasi operasiyalar o‘tkazishda dollardan voz kechmoqda", - dedi jurnalist.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb OAVlari BRIKSga a’zo mamlakatlarning bu qadamiga deyarli e’tibor bermagan. Shuningdek, u AQShning qarz muammosi va savdo taqchilligi dollarni xalqaro valyuta sifatida “kamroq jozibador” qilganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, Vashington Xitoydan qarz olish va uni harbiy-sanoat kompleksiga sarflashda davom etmoqda, bu esa davlat qarzi bilan bog‘liq vaziyatni yanada kuchaytiradi, deya qo‘shimcha qildi jurnalist.
"AQShning milliy mudofaa byudjeti deb ataluvchi pul yuvishning ajoyib sxemasi", - deb hazil qildi sharhlovchi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida gapirar ekan, jurnalistning ta’kidlashicha, Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish faqat G‘arbga zarar keltirdi, chunki Rossiya gaz yetkazib beruvchi sifatida Yevropa importyorlarini boshqa davlatlar bilan deyarli butunlay "almashtirdi".
Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov BRIKS mamlakatlari milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tishni tezlashtirganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya eksportining cheklanishi “ko‘plab mamlakatlarni dollarga muqobil variantlar haqida o‘ylashga undaydi”.