Rossiya o‘z qurolli kuchlarini Finlyandiya bilan chegara yaqiniga o‘tkaza boshladi

Rossiya o‘z qurolli kuchlarini Finlyandiya bilan chegara yaqiniga o‘tkaza boshladi

Kecha Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo va bosh vazir Sanna Marin bir necha haftalik ichki muzokaralardan so‘ng o‘z pozisiyalarini e’lon qilishdi, unga ko‘ra mamlakat “kechikmasdan NATO a’zoligi uchun ariza topshirishi” kerak.

Ushbu xabarlar fonida Rossiya o‘z qurolli kuchlarini Finlyandiya bilan chegara yaqiniga o‘tkaza boshladi. O‘z navbatida Finlyandiya ham NATO'ga qo‘shilish jarayonini boshlagunga qadar o‘z chegaralari yaqinida qurolli kuchlarini joylashtirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Avvalroq Rossiya Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilishi javobsiz qolmasligini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!