Rossiya o‘z kuchlarini Xarkov yo‘nalishidan Kursk viloyatiga ko‘chirmoqda
Rossiya o‘z kuchlarini Xarkov yo‘nalishidan Kursk viloyatiga ko‘chirmoqda. Bu haqda The Insider xabar berdi.
Avvalroq Rossiya davlat telekanallari maxsus belgilari yashirilgan harbiy texnikalar karvoni videosini e’lon qilgan edi. Insider'ning ma’lum qilishicha, bu harbiy karvon Xarkov viloyati shimolida jang qilayotgan Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalariga tegishli.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)